O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

AQSh moliya vaziri Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

AQSh moliya vaziri Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi

Sanksiyalar ro‘yxatiga mamlakat rahbari Oyatullo Ali Xomanaiyning atrofidagi to‘qqiz kishini, shuningdek Eron Qurolli Kuchlari bosh shtabini kiritdi.

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinning bayonotiga ko‘ra, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan kishilar xorijdagi Amerika ob’ektlariga qilingan hujumlarga, shuningdek Erondagi qiynoqlar va qotilliklarga aloqasi bo‘lgan.

Sanksiyalar ro‘yxatida Eron oliy rahnamosi Oyatullo Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy, bosh shtab boshlig‘i Muhammad Husayn Bogariy, Xomanaiy administratsiyasi rahbari Muhammad Golpaegani, shuningdek Eron rahbarining o‘ng qo‘li deya ko‘rilayotgan Vaxid Xaganian ham bor.

Sanksiyalar haqidagi bayonot Eron Islom inqilobidan so‘ng Tehronda AQSh elchixonasining binosi ishg‘ol qilinib o‘nlab Amerika fuqarolari garovga olinganing 40-yilligi arafasida berildi.

Shuningdek, dushanba kuni AQSh bundan 11 yil muqaddam Eronda yo‘qolib qolgan FBR agenti Robert Levinsonning qaerdaligini aniqlashda yordam berganlarga 20 million dollar mukofot berilishini va’da qilgani ham ma’lum bo‘ldi.

375
O‘zA