O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

AQSH KXDR bilan muzokara olib borishga tayyor ekanini maʼlum qildi

AQSH KXDR bilan muzokara olib borishga tayyor ekanini maʼlum qildi

AQSHning KXDR boʻyicha maxsus vakili Stiven Biganning bayonot berishicha, Oq uy koreyalararo hamkorlikning muhimligini yaxshi anglaydi va KXDR bilan muloqot qilishga tayyor. Faqat bunga munosib muzokarachini tayinlash zarur, deb yozadi Ryonxap agentligi.

Bigan Seulga 7-iyul kuni yetib kelgan va shu zahotiyoq Janubiy Koreya diplomatlari jumladan, Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xvu va uning birinchi oʻrinbosari Cho Se Yonlar bilan uchrashgan. Tomonlar KXDR, koronavirus va Janubiy Koreya bilan AQSH oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama etgan. Shundan keyin Bigan Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligining Koreya yarimorolida tinchlik va xavfsizlik masalalari boʻyicha maxsus vakili Li Do Xun bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Bigan ushbu uchrashuvlar yakunida koreyalararo hamkorlik Koreya yarimorolida tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun juda muhimligini qayd etdi va Janubiy Koreya hukumatining KXDR bilan hamkorlik qilishga qaratilgan saʼy-harakatlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

2 040
OʻzA