O‘zA O`zbek

12.02.2019 Chop etish versiyasi

AQSh Kongressida hukumat yopilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun prinsipial bitim imzolandi

AQSh Kongressida hukumat yopilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun prinsipial bitim imzolandi AQSh Kongressidagi muzokarachilar hukumatni mablagʻ bilan taʼminlash va hukumatning yana qayta yopilishidan qochish uchun “prinsipial bitim”ga erishganlarini aytmoqda.

Kelishuv haqida dushanba kuni kechqurun “Capitol Hill” da respublikachilar senatori Richard Shelbi va Demokratik Kongress vakili Nita Loui hamda bir qator siyosatchilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng eʼlon qilindi.

Tomonlar dushanba kuni AQSh-Meksika chegarasi boʻylab devor qurilishi boʻyicha kelishmovchiliklar sababli muzokaralarni davom ettirishga majbur boʻlgan.

AQSh Prezidenti Donald Trampning dekabr oyida chegarani oʻrnatish uchun 5,7 milliard dollar talab qilishi oʻtgan oyda tugatilgan 35 kunlik qisman hukumat yopilishiga sabab boʻlgan edi. Bu AQSh tarixidagi eng uzoq muddatli hukumat yopilishi edi.

Tramp uch haftalik muddat ichida hukumatni qayta ochishga rozilik bergan, bu esa konferensiya qatnashchilari 30 sentyabrda tugaydigan moliyaviy yilning qolgan qismi uchun davlat tomonidan moliyalash boʻyicha kelishuvga erishishga imkon beradi.

Agar Kongress devor qurilishi boʻyicha pul ajratishga rozilik bermasa hukumat yana yopilishi mumkin, deya ogohlantirgan edi Donald Tramp.

939
OʻzA