O‘zA O`zbek

15.04.2019 09:49 Chop etish versiyasi

AQSh janubida 500 dan ortiq aviaparvozlar bekor qilindi

AQSh janubida 500 dan ortiq aviaparvozlar bekor qilindi

AQShning Texas shtatidagi dovul kamida ikki nafar bolaning hayotiga zomin bo‘ldi, deyiladi Associated Press agentligining mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga tayanib bergan xabarida.

Taxminan bir yarim ming aholisi bo‘lgan Franklin shaharchasiga yopirilgan tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlardan tashqari yana ikki nafar bola jarohatlangan, ular shifoxonaga joylashtirilgan. Dovul va quyun tufayli AQSh janubida 500 dan ortiq aviaparvozlar bekor qilingan, aholi elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

O‘zA
505