O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

AQSH hukumatining koronavirus tufayli ajratadigan moliyaviy yordami 6 trillion dollarni tashkil etadi

AQSH hukumatining koronavirus tufayli ajratadigan moliyaviy yordami 6 trillion dollarni tashkil etadi

Bu haqda AQSH prezidentining iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Larri Kudlou maʼlum qildi.

“Yordam paketining umumiy miqdori 6 trillion dollarni ashkil etadi: ikki trillion toʻgʻridan toʻgʻri yordam, taxminan toʻrt trillion federal zaxira kreditlari hisobidan ajratiladi”, - dedi Kudlou matbuot anjumanida.

Uning taʼkidlashicha, bu amerikaliklarga naqd va kreditlar koʻrinishda ajratilgan mamlakat tarixidagi eng yirik moliyaviy yordam paketi boʻladi. Yordam aholining keng qatlamiga, jumladan, ishsizlarga, oilalarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi.

“Bu juda ogʻir davr boʻladi, lekin bu bir necha hafta boʻladi. Qiyin davr yillarga choʻzilmasligi kerak”, - qoʻshimcha qildi Kudlou.

644
OʻzA