O‘zA O`zbek

02.08.2018 15:40 Chop etish versiyasi

AQSH hukumati 3 nafar Ukrain fuqarosini hibsga oldi

AQSH hukumati 3 nafar Ukrain fuqarosini hibsga oldi
FIN xakerlar guruhi qo‘shma shtatlarning yirik kompaniyalariga jiddiy moliyaviy zarar yetkazgan.

AQSHning Minyust sayti bergan xabarga ko‘ra, 1-avgust kuni AQSH hukumatining rasmiy topshirig‘i bilan 3 nafar ukrain fuqarosi FIN xokerlar guruhiga a’zolikda hamda, Qo‘shma shtatlarning eng yirik kompaniyalariga kiberhujum qilganlikda ayblanib, Yevropa davlatlarida hibsga olindi. 

Hozirda guruh a’zolari Dmitriy Fedorov Polshada, Fedor Gladir Germaniyada, Andrey Kopakov Ispaniyada hibsda saqlanmoqda. Jinoyat ishi Vashingtonning Sietl shahri tuman sudida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari 2015-yildan buyon AQSHning eng yirik mehmonxona, restoran va ko‘ngilochar maskanlari mijozlarning kredit kartalari raqamlarini o‘zlashtirib, so‘ng ularni boshqa shaxslarga sotish orqali kompaniyalar moliyaviy ahvoliga jiddiy zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.

Shuningdek, guruh a’zolari hujumidan Buyuk Britaniya hamda Fransiyaning yirik korxonalari ham ziyon ko‘rgan, deb xabar bermoqda Rossiyaning LENTA.ru sayti.

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA

2 389