Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

27.08.2018 09:47 Chop etish versiyasi

AQSH: Florida shtatidagi otishma oqibatida odamlar halok boʻldi

AQSH: Florida shtatidagi otishma oqibatida odamlar halok boʻldi
26-avgust kuni AQSHning Florida shtatidagi Jeksonvill shaharida nomaʻlum shaxs odamlar ommasiga qurol bilan hujum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Otishma shahardagi Jacksonville Landing koʻngilochar maskanida kibersporti boʻyicha musobaqa oʻtkazilayotgan vaqtda yuz bergan. Turnir ishtirokchilaridan birining bergan maʻlumotiga koʻra, jinoyatchi musobaqa oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Ishtirokchi oʻz magʻlubiyatidan soʻng odamlarga qarata oʻq otgan, soʻng jinoyat joyidan qochib ketgan.

Mahalliy huquq tartibot organlarining News4jax caytiga bergan maʻlumotiga koʻra, baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar odam halok boʻlgan, 11 nafar odam jarohatlangan. Soʻnggi berilgan maʻlumotga koʻra, jabrlanganlar soni bundan ortiq boʻlishi mumkin.

Hozirda voqea yuzasidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 176