O‘zA O`zbek

12.01.2019 Chop etish versiyasi

AQSH Demokratlar partiyasi vakili Tulsi Gabbard 2020 yilgi prezidentlik saylovida oʻz nomzodini eʼlon qildi

AQSH Demokratlar partiyasi vakili Tulsi Gabbard 2020 yilgi prezidentlik saylovida oʻz nomzodini eʼlon qildi AQSH Kongressining Demokratiklar partiyasi aʼzosi Tulsi Gabbard 2020 yilda prezidentlik uchun kurashayotganini maʼlum qildi.

Gabbard, Vakillar palatasi majlisida, rasmiy ravishda oʻz nomzodini bir hafta ichida ommaga eʼlon qilishi haqida aytib oʻtgan.

“Bu qarorni qabul qilishimga koʻp sabablar bor. Amerika xalqiga duch keladigan muammolarni hal qilishda yordam berishni istayman“- dedi Gabbard telvideniyaga.

37 yoshli Iroq urushi faxriysi Tulsi Gabbard Kongressga saylanadigan birinchi Hindu va Amerika Samoasi hududida tugʻilgan birinchi aʼzodir.

1 284
OʻzA