O‘zA O`zbek

06.11.2019 Chop etish versiyasi

AQSh chet davlatlar bilan yadroviy qurol bo‘yicha yangi kelishuvga erisha oladimi?

AQSh chet davlatlar bilan yadroviy qurol bo‘yicha yangi kelishuvga erisha oladimi?
Qo‘shma Shtatlar Xitoy, Rossiya va yana bir necha davlat bilan qurollar nazorati bo‘yicha yangi kelishuv ustida ish olib bormoqda.

Prezident Donald Tramp shu haqda fikr bildirib, “Menimcha, bu ikki davlat, ayniqsa, gap yadroviy qurol haqida ketganda, bu kelishuvni ma’qullaydi”, deb ta’kidladi.

U 2021 yilda strategik hujum qurollarini qisqartirish va cheklash bo‘yicha kelishuv muddati tugashiga shu tariqa munosabat bildirdi.

“Tramp bu kelishuv muddatini uzaytirish bo‘yicha savolga javob bermadi”, deyiladi “EADaily” xabarida.

407
O‘zA