O‘zA O`zbek

23.06.2020 Chop etish versiyasi

AQSH bir qator viza turlarini yil oxirigacha toʻxtatmoqda

AQSH bir qator viza turlarini yil oxirigacha toʻxtatmoqda

AQSH hukumati yil oxirigacha bir qator vizalarni toʻxtatadi va grinkartasi bor shaxslarning ayrim toifalariga mamlakatga kirish boʻyicha taqiq muddatini uzaytiradi.

Bu, amerikaliklar uchun yuz minglab ish oʻrinlari paydo boʻlishini taʼminlaydi, deydi AQSH maʼmuriyati vakili jurnalistlarga.

“Prezident ayrim vizalarni bermay turish muddatini 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytiradi. Ushbu taqiq grinkarta sohiblari uchun ham 22-apreldan 60 kunlik muddatga joriy qilingan. Grinkarta yutganlar Amerikaga kelishi bilanoq istagan ishga joylashishi mumkin boʻlardi. Endi ular ham yil oxirigacha mamlakatga kira olmaydi”, - dedi telefon orqali uyushtirilgan brifingda.

Cheklov joriy qilinadigan viza turlari qatoriga yuqori texnologiyalar sohasida ishlaydiganlar uchun H1B vizasi hamda H4 (jumladan, H1B va H2B), shuningdek oddiy ishda ishlaydiganlar uchun qoʻllaniladigan H2B vizalar kiritilgan. Bundan tashqari, taqiq J va L viza toifalari uchun ham amal qiladi.

Umuman aytganda, xabarda ushbu choralar vaqtinchalik ekani aytilmoqda.

“Doimiy amal qiladigan choralar haqida toʻxtaladigan boʻlsak, prezident H1B vizalar tizimini isloh qilish haqida topshiriq bergan. Maqsad ushbu viza Amerika uchun foyda keltiradigan tizimga asoslanishi kerak”, - deydi Oq uy vakili.

Uning taʼkidlashicha, bularning barchasi Oq uy rahbari taʼkidlaganidek, Amerikaga “eng zoʻrlari va aqllilari” kelishi uchun qilinmoqda.

2 040
OʻzA