O‘zA O`zbek

24.03.2020 Chop etish versiyasi

AQSH Afgʻonistonga ajratilgan moliyaviy yordamni 1 milliard dollarga qisqartiradi

AQSH Afgʻonistonga ajratilgan moliyaviy yordamni 1 milliard dollarga qisqartiradi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistonga berayotgan yordamini mamlakat rahbariyati inklyuziv hukumat tuzish boʻyicha kelishuvga erisha olmagani sababli 1 milliard dollarga kamaytirdi.

Ushbu qaror AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning Afgʻonistonga qilgan navbatdagi tarifidan soʻng qabul qilind. Bu haqda “RT” xabar tarqatgan.

“ Rahbariyatning bu muvaffaqiyatsizligi AQSH milliy manfatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xavf uygʻotadi. Shu bois, hukumat Afgʻoniston bilan hamkorlik masalasini qaytadan koʻrib chiqadi. Bir qator oʻzgarishlar qatori biz Afgʻoniston boʻyicha xarajatlarimiz miqdoriga ham tuzatish kiritib, bu yil moliyaviy koʻmak 1 milliard dollarga qisqartirilishini eʼlon qilamiz”, — deyiladi Davlat kotibining bayonotida.

Taʼkidlanishicha, AQSH ushbu davlatga koʻrsatiladigan yordamni 2021-yil yana 1 milliard dollarga kamaytirishni rejalashtirgan.

23-mart kuni maʼlum boʻlishicha, Pompeo Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani va uning siyosiy raqibi Abdulla Abdulla bilan uchrashish maqsadida tashrif bilan Qobulga kelgandi.

Davlat kotibining rejasida avvaliga ular bilan yakkama-yakka, soʻngra birgalikda suhbatlashishni moʻljallagandi.

1 078
OʻzA