O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Apple, Google va Microsoft rahbarlari AQSH hukumatining mehnat vizasi boʻyicha qabul qilgan qaroridan norozi ekanini aytishmoqda

Apple, Google va Microsoft rahbarlari AQSH hukumatining mehnat vizasi boʻyicha qabul qilgan qaroridan norozi ekanini aytishmoqda

Gap H1-B, H-4 i H-2B ishchi vizalari hamda L va J vizalarining bir qancha toifalari yil oxirigacha toʻxtatilgani haqda bormoqda.

Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk AQSH maʼmuriyatining ishchi vizalarni berishni toʻxtganidan hafa ekanini yashirmadi. U bu boradagi fikrini seshanba kuni Twitterda bayon etdi.

“Bizning xalqimiz immigrantlardan tashkil topgan, Apple har doim ulardan kuch olgan. Taraqqiyot u yoki busiz kechmaydi. Men ushbu xabardan juda xafaman”, - deya taʼkidladi korporatsiya rahbari.

Google kompaniyasining bosh direktori Sundar Pichai esa oʻzining Twitterida immigrantlarning Amerika iqtisodi va muvaffaqiyatlariga, yuqori texnologiyalarda dunyoda yetakchi mamlakatga aylanishiga qoʻshgan hissasini yuksak baholadi. Pichai ham Donald Tramp maʼmuriyatining ushbu qaroridan norozi ekanini yashirmadi.

Microsoft korporatsiyasi prezidenti Bred Smit, Salesforce bosh direktori Mark Benioff, Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask ham shu fikrda ekanligini taʼkidlashgan. Twitter kompaniyasi AQSH maʼmuriyatining ushbu qarorini amerika iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga ziyon keltiradi, dedi.

AQSH prezidenti Donald Tramp dushanba kuni bir nechta toifadagi ishchi vizalarini yil oxirigacha toʻxtatish haqidagi koʻrsatmani imzoladi. Oq uy matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu hujjat H1-B, H-4 va H-2B, L hamda J toifalardagi vizalarga tegishli. Bundan tashqari, yangi grin-kartalar ham 31-dekabrgacha berilmaydigan boʻldi.

Pandemiya tufayli AQSHda ishsizlik darajasi 13,3 foizga koʻtarilib ketdi.

2 102
OʻzA