Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.06.2018 11:47 Chop etish versiyasi

Antonio Guterresh BMT faoliyatini yoshlarga moslab isloh etish tarafdori

Antonio Guterresh BMT faoliyatini yoshlarga moslab isloh etish tarafdori
BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tarkibidagi Terrorizmga qarshi kurash markazining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Kanging Go xalqaro konfenretsiyada bu haqda ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, BMT Bosh kotibi, shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Kanging Go o‘z nutqida tajovuzkor ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda raqamli targ‘ibot (internet) samara berishini alohida ta’kidladi. Bugungi kunda kibermakondan terrorizm tarafdorlari asosiy tashviqot quroli sifatida foydalanayotgani hisobga olinsa, uning fikrlari ӯrinli.

Kangning Go fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasida asrlar osha sayqallanib kelayotgan oilaviy an’analar terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, bu borada olib borilayotgan targ‘ibot ishlarida muhim o‘rin tutadi. Zero, oila muhiti va ota-ona nazorati tarbiyada muhim omil sanaladi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 163