O‘zA O`zbek

04.10.2018 Chop etish versiyasi

Angela Merkel uchrashuv maqsadini aytdi

Angela Merkel uchrashuv maqsadini aytdi

Angela Merkel Isroilda uchrashuvdan koʻzlangan maqsad haqidaThe Time News Israel maʼlum qiladi.

Bu haqda The Time News Israel maʼlum qildi. Oliy martabali mehmonni Isroil Mintaqaviy hamkorlik vaziri Saxi Anegbi kutib oldi.

Kanslerning Isroilga tashrifi soʻnggi toʻrt yil mobaynida birinchi bor amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvlar doirasida Germaniya bilan Isroil oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ikki mamlakat yetakchilari soʻnggi bor joriy yilning iyun oyida Berlinda muzokaralar oʻtkazishgandi. Unda oʻn yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan Germaniya – Isroil maslahatlashuvlarining keyngi raundida iqtisod, innovatsiya va texnologiya masalalari yuzasidan fikr almashishga kelishib olingan edi. Shu bois tashrif doirasida ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilishi kutilmoqda.

Shuningdek, ikki tomonlama muloqotlar chogʻida mintaqadagi geosiyosiy vaziyat ham muhokama etiladi, deyiladi manba xabarida.

2 053
Z.Mirzaboyeva, OʻzA