Tojikistonlik amaldorlarning xorijdan olib kelayotgan sovg‘alari qiymati bir yilda 5,5 ming somoniydan (580 dollar) oshib ketmasligi kerak.

Tojikistonlik amaldorlarning xorijdan olib kelayotgan sovg‘alari qiymati bir yilda 5,5 ming somoniydan (580 dollar) oshib ketmasligi kerak. Qiymati oshib ketadigan sovg‘alarni amaldorlar davlatga topshirishi zarur.

Tojikiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tayyorlangan farmoyish loyihasida ta’kidlanishicha, amaldorlar o‘z rahbarlarini xizmat vazifasi bilan bog‘liq xorijiy safarlar va boshqa rasmiy tadbirlarda olgan barcha sovg‘alari haqida xabardor qilishi lozim.

Barcha davlat xizmatchilari xorijga borib kelgandan so‘ng o‘z muassasalariga moliyaviy hisobot berishi kerak, unda olingan sovg‘alar narxi ko‘rsatilishi shart. Amaldorning tovar cheki bo‘lmagan taqdirda mutaxassislar uning bozor narxini hisoblab chiqadi, deyiladi loyihada. “Ortiqcha” sovg‘alar davlat xodimi ishlaydigan muassasa hisobiga o‘tkaziladi.

Hujjatda davlat xodimi xorijga safar vaqtida jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a yoki boshqa mukofotlarni olishi taqiqlanishi qayd etilgan.

Hozir ushbu loyiha respublika vazirlik va idoralarida muhokama qilinmoqda. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaldorlarning xorijdan olgan sovg‘alari qiymati oshib ketmasligi kerak