O‘zA O`zbek

23.01.2018 17:12 Chop etish versiyasi

Alyaskada ham zilzila. Sunami xavfi e’lon qilindi

Alyaskada ham zilzila. Sunami xavfi e’lon qilindi Alyaska shtati qirg‘oqlarida 8,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi, deb yozmoqda TASS AQSh geologiya xizmati axborotiga tayanib.

Dastlab zilzila kuchi 8,0 ballni ko‘rsatgan bo‘lsa, keyinroq bu ko‘rsatkich 8,2 ga chiqqan. Yer silkinishi markazi Kadyak shahridan 278 kilometr janubiy-sharqda Alyaska ko‘rfazida bo‘lgan. Sunami xavfi ham e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 6.26 da O‘zbekistonning sharqida zilzila qayd etildi. Yer silkinishi markazi Sariog‘och shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda bo‘lib, 4,6 ballni tashkil etgan.

Malohat Husanova, O‘zA
8 263