Alkogolni cheklovchi qonun kuchga kirdi
Turkmanistonda yangi qonun kuchga kirdi, unga koʻra aholisining katta qismini musulmonlar tashkil qiladigan mazkur mamlakatda alkogol mahsulotlarining sotuvi keskin cheklanadi
Turkmanistonda yangi qonun kuchga kirdi, unga koʻra aholisining katta qismini musulmonlar tashkil qiladigan mazkur mamlakatda alkogol mahsulotlarining sotuvi keskin cheklanadi.
Qonunga koʻra, 1 yanvardan boshlab poyezd, samolyot va paromlarda, shuningdek sport inshootlarida alkogol mahsulotlari sotilmaydi, qolaversa milliy bayramlar vaqtida alkogol sotish taqiqlanadi.
2021 yildan boshlab shanba va yakshanba kunlari bar va restoranlardan tashqari boshqa joylarda alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
“Alkogolning zararli taʼsirini oldini olish toʻgʻrisida”gi Qonun 2018 yil dekabr oyida qabul qilindi. Hujjat matnida taʼkidlanishicha, qonun alkogolning zararli taʼsirini oldini olish maqsadida davlat siyosatining huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgilab beradi va fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilishga, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi sifatida koʻriladi. Uning sport bilan shugʻullanib turishi aks etgan suratlar muntazam chop etib turiladi, davlat rahbari mamlakatda ommaviy sport tashabbuskori va tamakiga qarshi kurashchi sifatida namoyon boʻladi.
Hukumat 2025 yilga borib Turkmanistonni toʻliq chekishdan holi mamlakatga aylantirish rejasini eʼlon qildi.