O‘zA O`zbek

04.07.2020 Chop etish versiyasi

Alabamada otishma tufayli 8 yoshli bolakay halok boʻldi

Alabamada otishma tufayli 8 yoshli bolakay halok boʻldi

AQSHning Alabama shtati Xuver shahrida joylashgan doʻkonda yuz bergan otishuv chogʻi sakkiz yashar bola qurbon boʻldi. Bu haqda shahar politsiyasi maʼmuriyati maʼlum qilgan.

Avvaliga voqea oqibatida 4 kishi yaralangani eʼlon qilingandi. Politsiya maʼlumotiga koʻra, hodisa “Rivershase Galleria” savdo markazida kechgan. Otishmada qatnashgan odamlarning umumiy soni hozircha aniq emas. Tergov davom etyapti.

“Tezkor: Afsuski, “Galleria”da 8 yoshli bolkay halok boʻldi. Javobgarlarni sudga topshirish ustida ishlaymiz. Surishtiruv olib borilyapti”, - deyilgan politsiyaning ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilgan xabarnomasida.

2 187
OʻzA