O‘zA O`zbek

12.10.2018 13:37 Chop etish versiyasi

Agence France-Presse (AFP): Oʻzbekiston fransuz korxonalari bilan 5 milliard yevrolik shartnomalar imzoladi

Agence France-Presse (AFP): Oʻzbekiston fransuz korxonalari bilan 5 milliard yevrolik shartnomalar imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga ilk rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston fransuz korxonalari bilan qiymati 5 milliard yevro atrofidagi shartnomalarni imzoladi, deb yozadi mamlakatning yetakchi axborot agentligi. 

“Shartnomalar asosan “Total”, “Vinci”, “Suez”, “Thales Alenia Space”, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan imzolandi, deya maʼlum qildi Oʻzbekiston Prezidenti Matbuot xizmati. Ushbu kelishuvlar janob Mirziyoyev tomonidan mamlakatni modernizatsiya qilish uchun ishga tushirilgan 40 milliard yevrolik investitsiya dasturi doirasida amalga oshirildi”. 

Maqolada Prezidentimizning Fransiyaga tashrifi Oʻzbekistonning shaffof siyosati sifatida baholangan.

OʻzA
1 029