O‘zA O`zbek

06.06.2020 Chop etish versiyasi

Afsonaviy Jordan 100 million dollar xayriya qildi

Afsonaviy Jordan 100 million dollar xayriya qildi

Jahon sporti afsonalaridan biri, Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining 6 karra chempioni Maykl Jordan oʻz nomi bilan ataladigan brend hisobidan irqiy tenglik va ijtimoiy adolatni taʼminlash maqsadida faoliyat yuritadigan tashkilotlarga 100 million dollar ajratishga qaror qildi.

Sobiq basketbolchining bu qadami shu kunlarda AQSHda qora tanli fuqaro Jorj Floyd vafoti munosabati bilan davom etayotgan norozilik namoyishlariga javob sifatida eʼtirof etilmoqda.

“Bugun biz Maykl Jordan va uning nomidagi brend 10 yil davomida irqiy tenglik va ijtimoiy adolatni taʼminlash hamda keng koʻlamli taʼlim olish imkoniyatlarini yaratish maqsadida faoliyat yuritadigan tashkilotlarga 100 million dollar oʻtkazib berishini eʼlon qilamiz”, - deyiladi Jordan brendi saytida chop etilgan bayonotda.

“Black Lives Matter. Bu oʻrinda hech qanday bahs-munozaraga oʻrin yoʻq. Chuqur ildiz otgan irqchilik toʻliq bartaraf etilmas ekan, biz qora tanli aholini himoya qilish, ularning turmush sharoitini yaxshilash yoʻlidagi saʼy-harakatni davom ettiraveramiz”, - deya taʼkidlanadi xabarda.

2 406
OʻzA