O‘zA O`zbek

23.07.2020 Chop etish versiyasi

Afrikada koronavirusga chalinganlar soni maʼlum qilindi

Afrikada koronavirusga chalinganlar soni maʼlum qilindi

Qitʼada koronavirusga chalinganlar soni 800 mingga yaqinlashmoqda, qurbonlar soni 16 ming kishidan oshdi, deb xabar berdi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) mintaqaviy vakolatxonasi.

JSST maʼlumoti boʻyicha, koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon hozirgacha Afrikada 769 ming 608 kishi infeksiyaga chalingan, 435 ming kishi sogʻaygan. Butun qitʼa boʻyicha jami 16 ming 435 bemor COVID-19 qurboni boʻldi.

Kasallanish holatlari eng koʻp Janubiy Afrika respublikasi (JAR), Misr (89 ming 745) hamda Nigeriya (38 ming 344)da kuzatilmoqda. Oʻlim holati JAR (5 ming 940), Misr (4 ming 440) va Jazoirda (1 ming 111) eng koʻp qayd etildi.

JSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 15 million kishiga yaqinlashib qoldi, 612 mingdan ziyod kishi pandemiya qurboni boʻldi.

1 825
OʻzA