O‘zA O`zbek

09.07.2020 Chop etish versiyasi

Afrikada COVID-19 bilan ogʻriganlar soni yarim milliondan oshdi

Afrikada COVID-19 bilan ogʻriganlar soni yarim milliondan oshdi

Qitʼada qariyb 12 ming kishi koronavirusdan vafot etgan, deb xabar qiladi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mintaqaviy vakolatxonasi.

Tashkilotning maʼlumotlariga koʻra, Afrikada koronavirus infeksiyasiga yoʻliqqanlar soni jami 507 ming 187 kishini tashkil etadi, 11 ming 959 kishi vafot etdi.

COVID-19 bilan kasallanganlar eng koʻp JAR (215 855) va Misrda (77 279) qayd etilmoqda. Oʻlim holati Misr (3489), JAR (3502) va Jazoirda koʻp (968) kuzatilmoqda.

1 507
O'zA