O‘zA O`zbek

30.07.2019 Chop etish versiyasi

Afgʻonistonning sobiq vitse-prezidentining ofisiga hujum uyushtirildi

Afgʻonistonning sobiq vitse-prezidentining ofisiga hujum uyushtirildi

Qobuldagi otishma olti soat davom etdi. Jangarilar Afgʻonistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih va u yetakchi boʻlgan siyosiy harakat ofisiga hujum qildi. 

20 kishi halok boʻlgan, 50 kishi jarohatlangan, deyiladi ToloNews agentligi xabarida. Portlash chogʻida siyosatchi va yuzlab tarafdorlari binoning ichida boʻlgan. Hujum qilgan toʻrt jangari ham oʻldirilgan. Afgʻon hukumati, sobiq prezident Hamid Karzay, BMT vakillari, Hindiston va Pokiston hukumatlari Salohga qilingan hujumni qoralab bayonot bilan chiqishgan.

715
OʻzA