O‘zA O`zbek

03.01.2018 12:33 Chop etish versiyasi

Afg‘onistonda tutqunlikdan ozod qilingan kanadalik uch oy o‘tib o‘z vatanida tutqun bo‘ldi

O‘tgan yili Afg‘onistonda oilasi bilan birgalikda asirlikdan ozod etilgan kanadalik Joshua Boylga o‘z yurtida ayblov e’lon qilinib, politsiya tomonidan qamoqqa olindi. Bu haqda CTV telekanali xabariga tayanib TASS agentligi yozmoqda.

Ayblov o‘tgan yili 14-30-oktabr kunlari 34 yoshli Boyl tomonidan sodir etilgan 15 holatni o‘z ichiga olgan. Ular orasida bosqinchilik, shaxsni uning inon-ixtiyoriga qarshi ravishda erkinlikdan mahrum qilish, suiqasd qilishga tahdid, zaharli moddalardan foydalanish singari holatlar qayd etilgan.

Boyl va uning oilasi – 31 yoshli AQSh fuqarosi Keytlin Koulman va uch farzandi pokistonlik harbiylar tomonidan Afg‘onistonda tutqunlikdan ozod qilingach, 2017-yil 13-oktabr kuni Londondan Torontaga uchib kelgandi.

Kanadalik Afg‘onistonda ko‘ngillilik asosida mahalliy qishloq aholisiga yordam ko‘rsatib kelgan. Lekin 2012-yilda homilador xotini bilan birga asirga tushgan. Tutqunlik davrida juftlik to‘rt farzand – ikki o‘g‘il va ikki qizli bo‘lgan, biroq qizaloqlardan biri terrorchilar tomonidan o‘ldirilgan.

O‘zA
9 238