O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Afgʻonistonda toliblar hujumi oqibatida qancha harbiy halok boʻlgani maʼlum qilindi

Afgʻonistonda toliblar hujumi oqibatida qancha harbiy halok boʻlgani maʼlum qilindi

Afgʻonistonning shimoli-sharqida toliblar hujumi oqibatida kamida oʻn nafar harbiy halok boʻlgan, yana 17 nafari bedarak yoʻqolgan, deb xabar tarqatdi Ariana News telekanali mahalliy hokimiyatlar maʼlumotiga tayanib.

Telekanal bergan xabarda aytilishicha, tolibon jangarilari shanba kuni ertalab Badoxshon viloyatiga hujum uyushtirgan. Viloyat kengashi aʼzosi Axmad Javid Mujaddadining maʼlum qilishicha jangarilar Jurm tumanida oʻnlab harbiylarni oʻldirib, toʻrtta politsiya postini egallab olgan. Yana 17 nafar xavfsizlik kuchlari xizmatchilari bedarak yoʻqolgan.

Bundan tashqari, Mujaddadining taʼkidlashicha, jangarilar Yamgan tumanini ham egallab olgan.

836
OʻzA