O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Afgʻonistonda koronavirusga chalinganlar toʻqqiz ming kishidan oshdi

Afgʻonistonda koronavirusga chalinganlar toʻqqiz ming kishidan oshdi

Afgʻonistonda koronavirusga chalinish holati boʻyicha roʻyxatga olinganlar 9 mingdan oshdi, 205 bemor ofat qurboni boʻldi, deb maʼlum qiladi Tolo News telekanali mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi tarqatgan maʼlumotga tayanib.

Vazirlikning maʼlumot berishicha, soʻnggi 24 soat davomida mamlakatda 542 ta yangi holat aniqlangan va jami bemorlar soni 9 ming 216 kishiga yetgan. Soʻnggi bir kunda 12 kishi vafot etdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra dunyo boʻyicha infeksiya yuqtirganlar soni 4,9 milliondan oshdi. Pandemiya 323 ming kishining yostigʻini quritdi.

1 525
OʻzA