O‘zA O`zbek

20.05.2020 Chop etish versiyasi

Afgʻonistonda jangarilar masjidga hujum qilishdi

Afgʻonistonda jangarilar masjidga hujum qilishdi

TOLO News telekanalining xabar berishicha, Afgʻonistonning Parvan viloyatida jangarilar masjidga hujum uyushtirib kamida sakkiz kishini oʻldirgan, oʻndan ortiq kishi jarohat olgan.

Viloyat rahbari Garun Mubarizning bayonot berishicha, halok boʻlganlarning barchasi Halol-Zayi qishlogʻida istiqomat qilayotgan tinch aholi vakillari boʻlgan.

“Tolibon” harakati ushbu hujumga aloqasi yoʻqligini taʼkidlamoqda.

Afgʻonistonda hukumat qoʻshinlari bilan “Tolibon” harakati jangarilari oʻrtasida qurolli qarama-qarshiliklar hamon davom etmoqda. “Tolibon“, jangarilari mamlakatdagi qishloq hududlarining katta qismini egallab olgan. Endi ular shaharlarga ham hujum uyushtirmoqda. Qolaversa, mamlakat hududida “Islom davlati” terrorchi guruhlari ham faoliyatini kuchaytirmoqda. Afgʻoniston milliy armiyasi va xavfsizlik kuchlari hamkorlikda butun mamlakat boʻylab terrorchilikka qarshi qoʻshma harbiy amaliyotlarni olib bormoqda.

1 445
OʻzA