O‘zA O`zbek

23.07.2020 Chop etish versiyasi

Afgʻonistonda aviazarba oqibatida 50 dan ziyod tinch aholi vakillari halok boʻldi

Afgʻonistonda aviazarba oqibatida 50 dan ziyod tinch aholi vakillari halok boʻldi
Guvohlarning RIA novostiga bergan xabariga koʻra, mamlakat gʻarbida samolyotdan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 50 kishi qurbon boʻlgan.

«Toliblarning harbiy boshliqlaridan biri Qari Gʻulam Nabi yaqinda Puli Charxi qamoqxonasidan ozod etilgan edi. Doʻstlari uni tantanali qarshi olish uchun toʻplanishganda aviazarba amalga oshirilgan. Oqibatda kamida 50 kishi halok boʻldi», - deb hikoya qiladi voqea joyida boʻlgan kishi.

Mahalliy kasalxona vakili Muhammad Rafiq Sherzoyning soʻzlariga qaraganda, fojia ertalab tongda yuz bergan.

Hozircha aviazarba tufayli qurbonlar soni qanchaligi boʻyicha rasmiy maʼlumotlar eʼlon qilinmagan boʻlsada, halok boʻlganlar orasida tinch aholi vakillari koʻpligi aytilmoqda. Tolo News telekanalining maʼlumot berishicha, aviazarba oqibatida “Tolibon” harakatining kamida olti nafar mahalliy yetakchilari halok boʻlgan.



1 637
OʻzA