O‘zA O`zbek

06.06.2020 Chop etish versiyasi

Afgʻonistonda 11 nafar politsiyachi halok boʻldi

Afgʻonistonda 11 nafar politsiyachi halok boʻldi

Afgʻonistonning shimoli-sharqiy hududi – Badaxshon viloyatida yana bir avtomobil portladi. Oqibatda 11 kishi qurbon boʻldi. Bu haqda “Tolo News” telekanali politsiya mahkamasi masʼul vakili Sanoullo Ruhoniyning soʻzlariga tayanib maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, fojia shanba kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Yoʻl chetiga oʻrnatilgan mina yordamida portlatilgan mashina ichida 11 nafar politsiya xodimi, jumladan boʻlim rahbari ham boʻlgan.

2 402
OʻzA