O‘zA O`zbek

13.04.2020 Chop etish versiyasi

Afgʻoniston hukumati toliblar bilan erishilgan tinchlik bitimining shartlarini bajarishni boshladi

Afgʻoniston hukumati toliblar bilan erishilgan tinchlik bitimining shartlarini bajarishni boshladi

Afgʻoniston hukumati bayonot berib, “Tolibon” radikal harakatning bir necha yuz jangarisi ozod etilganini maʼlum qildi.

Ilk 200 nafar jangari bu haftada ozod qilingani aytilgan edi.

Afgʻoniston Milliy xavfsizlik Kengashining bayonotiga qaraganda, shu tariqa toliblar bilan erishilgan tinchlik bitimining shartlarini bajarish boshlandi. Mazkur Kelishuv fevral oyi soʻngida AQSH ishtirokida imzolangan edi.

Oʻz navbatida toliblar vakili bayonot berib, harakat Qobul maʼmuriyatiga aloqasi boʻlgan 20 nafar mahbusni ozod qilganini bildirdi.

Bu “Tolibon” tomonidan mahbuslarni ilk bor topshirilishidir.

Asirlarni ayirboshlash shartnomaning asosiy bandlaridan biri edi.

Afgʻoniston hukumati besh mingga yaqin toliblar asirlarini oʻzining ming nafar harbiy xizmatchisiga ayirboshlashi kerak edi. Ana oʻshandan keyingina yangi muzokoralar va xukumatni shakllantirish boshlanadi.

Biroq, tomonlar bir-birlarini oʻt ochishni toʻxtatish rejimi va shartnomani buzishda ayblamoqda.

1 436
OʻzA