Afg‘oniston harbiy havo kuchlari Qandahor viloyatida harbiy amaliyot o‘tkazdi. Jangarilar o‘rnashib olgan hududlarda havodan olib borilgan hujum natijasida 43 nafar terrorchi o‘ldirilgan, shuningdek, 20 nafarga yaqini yaralangan.

Afg‘oniston harbiy havo kuchlari Qandahor viloyatida harbiy amaliyot o‘tkazdi. Jangarilar o‘rnashib olgan hududlarda havodan olib borilgan hujum natijasida 43 nafar terrorchi o‘ldirilgan, shuningdek, 20 nafarga yaqini yaralangan. Bu haqda rasmiy manbaaga tayanib, Sinxua xabar bermoqda.

Qandahor ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Abdul Roziqning qayd etishicha, amaliyot 13-fevral oqshomida o‘tkazilgan. Nishon ostida viloyatning shimoliy hududlarida yashiringan, hududdagi nazorat punktlaridan biriga hujum qilgan jangarilar bo‘lgan.

Abdul Roziqning so‘zlariga ko‘ra, aviazarbalar tufayli terrorchilar ochiq hujumga o‘ta olishmagan va bu mamlakat xavfsizlik kuchlari hamda “Tolibon” harakati a’zolari o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlarning oldini olgan. Amaliyot davomida ko‘plab qurol va o‘q-dorilar, jangarilar ixtiyoridagi avtomashinalar yo‘q qilingan. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari orasida qurbonlar va yo‘qotishlar yo‘q.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston harbiy havo kuchlari: 43 nafar “Tolibon” harakati a’zolari yo‘q qilindi