O‘zA O`zbek

19.02.2020 Chop etish versiyasi

Abxaz xalqi Gruziyaga qaytadi

Abxaz xalqi Gruziyaga qaytadi

Abxaz xalqi Gruziyaga qaytadi va bunga hozirgi avlod erishadi, deb bayonot berdi Gruziya parlamenti raisi Archil Talakvadze parlament sessiyasidagi chiqishida.

“REGNUM” ning gruzin jamoatchilik televideniesi ma’lumoti bilan asoslagan xabariga ko‘ra, Talakvadze minbardan turib: “Biz albatta abxaz birodarlarimizni qaytaramiz, hozirgi avlod mamlakatni birlashtira oladi”, deb ta’kidlagan.

U, shuningdek, abxaz va osetinlar Gruziyaning yevrointegratsiyaga oid imkoniyatlaridan foydalanishi mumkinligini aytgan.

2 178
O‘zA