O‘zA O`zbek

12.10.2018 11:57 Chop etish versiyasi

Abe va Putin yil oxiriga qadar ikki marta uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda

Abe va Putin yil oxiriga qadar ikki marta uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe joriy yil oxirigacha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki marta uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik manbalarining maʼlumotlariga koʻra, ikki davlat hukumatlari 11-15 noyabr kunlari Singapurda boʻlib oʻtadigan Sharqiy Osiyo sammitida va 30 noyabr - 1 dekabr kunlari Buenos-Ayresdagi G20 sammiti doirasida muzokaralar oʻtkazmoqchi.

Uchrashuvlarda asosan tinchlik muammolarini bartaraf etishga eʼtibor qaratilishi aytib oʻtilgan.

OʻzA
975