O‘zA O`zbek

01.02.2019 Chop etish versiyasi

Abdusalom Azizov AQSHning CENTCOM qoʻmondonligi bilan uchrashdi

Abdusalom Azizov AQSHning CENTCOM qoʻmondonligi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mamlakatimiz maxsus boʻlinma harbiy xizmatchilari ishtirokida Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)dagi “Janubiy zarba” hamkorlikdagi mashgʻulotlarni kuzatish hamda CENTCOM qoʻmondonligi bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun AQSHda rasmiy tashrif bilan boʻldi.

Tashrif davomida Abdusalom Azizov AQSH Markaziy qoʻmondonligi rahbariyati bilan Florida shtatidagi Tampa shahrida uchrashdi. Suhbat davomida Markaziy Osiyo va dunyoda tinchlik, xavfsizlikni taʼminlash, harbiy kadrlarni tayyorlash, hamkorlikda mashgʻulot-treninglar oʻtkazish, shuningdek, istiqboldagi harbiy hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi CENTCOM qoʻmondonligiga tashrifi chogʻida Strategik tahlil hamda Koalitsiyaviy muvofiqlashtiruv markazining funksiyalari bilan tanishdi.

Shu bilan Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasining AQSHga rasmiy tashrifi yakunlandi.

photo_2019-01-31_20-27-13.jpg

photo_2019-01-29_15-42-03.jpg

1 158
OʻzA