O‘zA O`zbek

Jahon

Perudagi aviahalokatda besh kishi hayotdan ko‘z yumdi

11.04.08 21:01

Peruda sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida besh kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi RATA-TASS. Mamlakat qutqaruv xizmatining xabar berishicha, samolyotda fransiyalik sayyohlar bo‘lgan. Halokat Peru janubidagi Naska cho‘lida ro‘y bergan.

Ko‘z pardasini sun’iysi bilan almashtirish operatsiyasi

11.04.08 21:01

Fransiyada ko‘z pardasini sun’iysi bilan almashtirish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Parijdagi “Kenz-Ven” shifoxonasi professori Joze Saelning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda birinchi marta amalga oshirilgan ushbu operatsiya natijasida ko‘z pardasi kasallanishi tufayli ko‘rmay qolgan bemor yana ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lgan.

Avstraliyada kuchli bo‘ron sodir bo‘ldi

04.04.08 20:05

Avstraliyada kuchli bo‘ron oqibatida 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 20 a yaqin kishi jarohatlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlangan kuchli shamol oqibatida minglab turarjoy binolari vayron bo‘lgan.


Yangiliklar :