Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jahon

Bangladeshda kuchli bo‘ron sodir bo‘ldi

25.03.08 11:54

Bangladeshda sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron oqibatida 10 dan ziyod odam hayotdan ko‘z yumdi, jarohatlanganlar soni 200 dan ortadi, deb xabar beradi RATA-TASS.

“Qora oltin” bahosi keskin oshib bormoqda

12.03.08 10:59

So‘nggi kunlarda “qora oltin” bahosi keskin oshib bormoqda. Nyu-York xomashyo birjasida o‘tkazilgan so‘nggi savdoda bir barrel neft narxi rekord ko‘rsatkich – 108 AQSH dollariga yetdi. Bu avvalgi savdoda qayd etilgan narxdan 2,75 dollarga ko‘pdir, deb xabar beradi RATA-TASS.

Janubiy Koreyada havo taksisi ishga tushiriladi

06.03.08 18:56

Yaqinda Janubiy Koreyada havo taksisi ishga tushiriladi. “Choson ilbo” gazetasining yozishicha, “Xanso eyrspeys” kompaniyasi kichik havo kemalaridan shu maqsadda foydalanish uchun hukumatdan ruxsatnoma olgan.

Jenevada xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi ochildi

06.03.08 18:56

Shveysariyaning Jeneva shahrida xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi ochildi. Unda 30 mamlakatdan yirik avtomobilsozlik kompaniyalari ishtirok etmoqda, deb xabar beradi RATA-TASS.

Neftning narxi 105,03 AQSH dollariga yetdi

06.03.08 18:56

Nyu-York xomashyo birjasida o‘tkazilgan so‘nggi savdoda bir barrel “qora oltin”ning narxi rekord ko‘rsatkich – 105,03 AQSH dollariga yetdi, deb xabar beradi RATA-TASS. Bu avvalgi savdoda qayd etilgan narxdan 6 dollar ko‘pdir.

Italiyalik olimlar yangi shamol turbinasini yaratdilar

29.02.08 14:04

Italiyalik olimlar yangi shamol turbinasini yaratdilar, deb xabar beradi RATA-TASS. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tornado layk” turbinasi hatto yengil shamol esganda ham soatiga sakkiz kilovatt energiya ishlab chiqarishga qodir.


Yangiliklar :