O‘zA O`zbek

03.10.2018 Chop etish versiyasi

8 yoshli qizini pichoqlagan ota 27 yilga ozodlikdan mahrum etildi

8 yoshli qizini pichoqlagan ota 27 yilga ozodlikdan mahrum etildi Britaniyalik Uilyam Billinghem sakkiz yoshli qizi Mileni oʻz rafiqasidan “qasos” olish uchun shafqatsizlarcha pichoqlab oʻldirgan. Sud unga ushbu qotilligi uchun 27 yillik qamoq jazosini tayinladi.

Sudda keltirilishicha, Billinghem oʻz rafiqasi axloqiy nobop ayol boʻlganligi sabab jahl ustida oʻz qizini oʻldirgan.

Guvohlarning aytishicha, oiladagi kelishmovchiliklar anchadan beri davom etib kelayotgan boʻlgan. Billinghem shuningdek, qotillikdan biroz avval qoʻshnisi Taundry xonimga ham pichoq bilan tahdid qilgan. Taundry xonimning sudga bergan koʻrsatmasi tufayli Billinghemning jazo muddatiga yana ikki yil qoʻshib berilgan va 27 yildan soʻng jazoni oʻtab ozod boʻlishidan oldin uning ishi yana qayta koʻrib chiqilishi belgilab qoʻyildi.

1 427
OʻzA