O‘zA O`zbek

13.09.2019 Chop etish versiyasi

70 ga yaqin Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan bolalarning Iroqdan vatanga qaytarilishi rejalashtirildi

70 ga yaqin Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan bolalarning Iroqdan vatanga qaytarilishi rejalashtirildi

Bu haqda mahalliy OAV tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekovga tayangan holda xabar tarqatdi.

Vazirning so‘zlariga qaraganda, fuqarolarni harbiy harakatlar hududlaridan qaytarish borasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga chiqdi.

«Hukumat delegatsiyasining u yerga borishi rejalashtirilgan. Fuqarolarimizni qaytarish borasida kelishuv bor. Bugungi kunda Iroqdan olib kelinishi kutilayotgan 70 nafar bola haqida gap bormoqda. Biroq yakuniy ro‘yxat o‘sha yerning o‘zida ota-onalarning bolalarga nisbatan roziligi bilan tuziladi», - deydi vazir.

Uning ta’kidlashicha, Suriyadagi fuqarolarni qaytarish masalasida ham hukumat tuzilmalari bilan faol muzokaralar olib borilmoqda.

1 avgust kuni Bishkekda bir guruh qirg‘izistonliklar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, ular Iroqdagi lagerlardan 150 nafar ayol va bolalarni sentabr oyida vatanga qaytarishlari borasida bayonot berdi. Tashabbus guruhining a’zolari Suriya va Iroqdan ayol va bolalarni qaytarish harajatlarini o‘z zimmalariga olishlarini taklif qilishdi.

Keyinoq hukumat Iroq va Suriyadagi lagerlarda bo‘lgan QR fuqarolari bo‘lmish bolalarni qaytarish maqsadida muassasalararo ishchi guruxi tuzilganini ma’lum qildi. Sentabr oyida ishchi guruh a’zolari bolalarni qaytarish maqsadida Bag‘dodga yo‘l oladi. Milliy Xavfsizlik Davlat Qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunga qadar Suriyadagi harbiy harakatlar hududlariga salkam 800 qirg‘izistonlik yo‘l olgan. Ularning 200dan ortig‘i u yerda halok bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, “Islom davlati” saflariga kirganlarning 140 ga yaqini qirg‘izistonlik ayollardir.

635
O‘zA