O‘zA O`zbek

02.10.2018 Chop etish versiyasi

417 kishi iqtisodiy jinoyatlarda gumon qilinmoqda

417 kishi iqtisodiy jinoyatlarda gumon qilinmoqda Istanbul Bosh prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarda gumon qilingan 417 kishini hibsga oldi. “Hubertuerk” telekanalida eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, hozirda butun mamlakat boʻylab tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan", deya xabar beradi TACC axborot agentligi.

Ushbu shaxslar pul yuvish, mamlakat iqtisodiyotiga va moliya tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatish kabi ayblarda gumon qilinmoqda. Yil davomida umumiy miqdori 400 million AQSH dollaridan ortiq mablagʻ chet elga chiqarilgan.

Gumon qilinayotgan ayblanuvchilar Turkiya jinoyat kodeksining qator moddalarida, jumladan, pul yuvishda, jinoiy guruh tuzishda, terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish boʻyicha qonunni buzganlikda ayblanishi mumkin.

2 791
OʻzA