O‘zA O`zbek

03.10.2018 Chop etish versiyasi

200 dan ortiq aholi vakili armiyada koʻngilli ravishda xizmat qilish istagida

200 dan ortiq aholi vakili armiyada koʻngilli ravishda xizmat qilish istagida

Dushanbe shahrida yashovchi 200 dan ortiq aholi vakili koʻngilli ravishda Tojikiston poytaxtidagi harbiy komissariatlarga kelib armiya saflarida xizmat qilish istagini bildirishdi. Bu haqda TR Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Orif Nozimiyon maʼlum qildi.

Tojikistonda amal qiladigan “Harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan erkaklar harbiy xizmatga chaqiriladi. Kuzgi chaqiruv kampaniyasi 1 oktyabr kuni boshlandi va noyabr oxirlariga qadar davom etadi.

Tojikiston mudofaa vazirligi matbuot kotibining soʻzlariga qaraganda, koʻngillilar sonining oshishiga armiyadagi xizmat sharoitlarning yaxshilanishi hamda chaqiruvdagilar va askarlarga berilayotgan imtiyozlar sabab boʻlmoqda.

“Koʻngilli ravishda armiyada xizmat qilishni istovchilar qayerda xizmat qilishlarini oʻzlari tanlashlari mumkin. Mamlakat oliy oʻquv yurtlarida sirtdan taʼlim olayotgan muddatli harbiy xizmat askarlariga sessiya imtihonlari paytida taʼtil beriladi. Uylangan koʻngilli-askarlar yashash joyiga yaqin harbiy qismda xizmat qilishlari mumkin”, deydi Orif Nozimiyon.

2 035
OʻzA