O‘zA O`zbek

18.08.2018 10:45 Chop etish versiyasi

19-avgust – Xalqaro insonparvarlik yordami kuni

19-avgust – Xalqaro insonparvarlik yordami kuni

Bundan 15 yil muqaddam, ya’ni 2003-yil 19-avgust kuni BMTning Bog‘doddagi bosh qarorgohi joylashgan “Kanal” mehmonxonasiga terrorchi shaxs tomonidan qilingan hujum oqibatida 23 odam, ular orasida tashkilot bosh kotibining Iroqdagi maxsus vakili Serjiu Viyeyra di Mellu halok bo‘ldi.

Ushbu terror harakati oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi. BMT halok bo‘lganlar xotirasi hurmati yuzasidan 2008-yil 19-avgust sanasini “ Xalqaro insonparvarlik yordami kuni” deb e’lon qildi.

RIA Novosti bergan ma’lumotga ko‘ra, Xalqaro tashkilotning ushbu kun sanasi bilan bog‘liq tashkil etgan aksiyasida dunyoning barcha mamlakatlaridagi yordamga muhtoj insonlar tomonidan aloqa vositalari orqali yuborilgan har bir murojaatnoma ko‘rib chiqiladi va imkon qadar masalaning yechimiga yordam beradilar. Ushbu aksiya mamlakat rahbarlari va Bosh Assambleya a’zolariga jahondagi muammoli sharoitda bo‘lgan fuqarolarning muammolarini hal etishda birlashib faol choralar ko‘rishlariga imkon beradi.

Z. Mirzaboyeva, O‘zA
1 794