O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Xorij xabarlari RSS

Xorijdan xabarlar

O‘zA, 26.03.2010 18:08

«General Motors» kompaniyasi elektr quvvati bilan harakatlanuvchi avtomobil yaratdi, deb xabar beradi RATA-TASS. «Electric Networked Vehicle» deb nomlangan yangi mashina bir martalik elektr zaxirasi bilan qirq kilometr masofani bosib o‘tadi. Ikki kishilik avtomobil ekologik toza. Shu bois unga talab katta bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avtoulovni 2013 yildan ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi.

x x x

Xitoyning Szyansi provinsiyasi hududida qadimiy shahar xarobasi topildi. Eramizdan avvalgi 2000 yillarda barpo etilgan bu shahar Xan sulolasiga tegishli bo‘lgan. Uning hududi 18 ming kvadrat kilometrni tashkil qilib, atrofi suv bilan o‘ralgan.

Aytishlaricha, Xan sulolasi davrida Xitoy va Rim imperiyalari o‘rtasida savdo aloqalari yuritilgan. O‘sha paytda xitoylik savdogarlar rimliklarga shoyi va ipak matolar yetkazib bergan.

x x x

Janubiy Koreyada fazogirlar uchun yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Endi fazogirlar «dasturxoni»dan go‘sht, guruch va sabzavotlardan tayyorlangan o‘n turdagi koreys milliy taomlari, ko‘k choy va jenshenli ichimliklar o‘rin oladi.

Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, maxsus idishlarda qadoqlangan bunday mahsulotlar bosim va harorat keskin o‘zgarganda, vaznsizlik holatida aynimaydi, ulardagi foydali oqsil va vitaminlar tarkibi o‘zgarmaydi.

So‘nggi yangiliklar:

Sport va go‘zallik bayrami

Sobiq askarlar – talabalar safida

Gimnastikachilarimiz xalqaro turnir sovrindori

“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”

Ob-havo ma’lumoti

Reklama