| O‘zbekcha | Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Foto | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Xorijdan xabarlarO‘zA, 22.03.2010 17:57 AQSH maktablarida «Pepsiko» kompaniyasi mahsulotlarining savdosi ta’qiqlandi, deb xabar beradi RATA-TASS. Bu mahsulotlarda me’yoridan ortiq qand moddasi mavjud bo‘lib, semizlik kasalini keltirib chiqarar ekan. Endilikda maktablarda «Koka-Kola» kompaniyasining ichimliklari ham sotilmaydi. Hozircha bu ikki kompaniya maktablarga faqat mineral suv, yog‘sizlantirilgan sut va tarkibida shakar bo‘lmagan sharbatlar yetkazib bermoqda. Shifokorlarning fikricha, bu yurak xastaliklari va qandli diabetga uchrash xavfini ancha kamaytiradi. * * * Yaponiyaning «Xonda» kompaniyasi tomonidan xaridorlarga yangi imtiyoz yaratildi. Unga ko‘ra, eski mashinasini topshirib, o‘rniga yangi avtomobil xarid qilayotganlar 1,7 ming AQSH dollari miqdorida chegirmaga ega bo‘ladi. Kompaniya rahbarining aytishicha, faqat shaxsiy avtomobil egalarigina bunday chegirmadan foydalanishi mumkin. Xaridorlarga yaratilgan ushbu imkoniyat avtomobil savdosini yaxshilashga va ekologik muammolarning oldini olishga xizmat qiladi. Boisi, ta’mirga muhtoj eski avtoulov yangi mashinaga nisbatan atrof-muhitga ko‘proq zararli gazlarni chiqaradi. * * * Xitoyning Shansi viloyatida yuzga yaqin bola hayotdan ko‘z yumdi. «Chjungo szinszi shibao» gazetasi ma’lumotlariga qaraganda, bunga yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina bilan emlash sabab bo‘lgan. Ayni paytda fojea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Zaharlangan vaksinani qaysi firma ishlab chiqargani tekshirilmoqda. Chunki, mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi hech bir firmaga vaksina ishlab chiqarishga ruxsatnoma ham, uni shifoxonalarga tarqatishga ko‘rsatma ham bermagan. So‘nggi yangiliklar: |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |