Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Xorij xabarlari RSS

Xorijdan xabarlar

O‘zA, 02.02.2010 16:26

Janubiy Koreyaning “Samsung Mobile Display” korporatsiyasi mobil telefonga mo‘ljallangan sensorli AMOLED-ekran yaratdi. Korea IT Times gazetasining yozishicha, uning diagonali 3,3 dyum, aniqligi – 800×480 piksel. Sensor qoplamaning qalinligi atigi 0,001 millimetr. Mutaxassislar AMOLED-ekran boshqa displeylarga nisbatan ko‘proq energiya tejash xususiyatiga ega ekanini ta’kidlashmoqda, deb xabar beradi RATA-TASS.

XXX

Peruda bir necha haftalik yog‘in-sochin toshqin keltirib chiqardi. Mahalliy matbuotning bildirishicha, yigirmadan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumgan va qirqdan ortiq odam jarohatlangan. Toshqin tufayli mamlakat janubidagi sakkiz viloyatga katta zarar yetgan. Yuzlab inshootlar suv ostida qolgan, elektr uzatish tarmog‘i ishdan chiqqan, transport xizmati to‘xtagan.

Ayni vaqtda odamlarni xavfsiz hududlarga ko‘chirish davom etmoqda.

XXX

Amerikalik rassom Jim Denevan uch yordamchisi bilan Nevada shtatidagi Blek-Rok cho‘lida Apollon halqalarini chizdi. Bu dunyodagi eng katta rasmdir. Rassom o‘z asarini yaratishda aniqlikka erishish uchun GPS texnologiyasidan foydalandi. Eng katta aylana diametri 14,5 kilometr bo‘lib, uni samolyotdan ham bemalol ko‘rish mumkin. Rasmdagi ayrim chiziqlarning kengligi 8,5 metr, chuqurligi esa bir metrdan oshadi.

Jim Denevan qum ustida rasm chizish bilan o‘n yetti yildan buyon shug‘ullanadi. Shu kungacha rassom olti yuzdan ziyod shunday asar yaratgan.

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama