| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Xorijdan xabarlarO‘zA, 28.01.2010 19:16 AQSHda yuk mashinasi va avtobus haydovchilari uchun harakat vaqtida SMS jo‘natish va o‘qishni taqiqlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Uni buzgan shaxsga 2750 AQSH dollari miqdorida jarima solinadi. Bu chora jamoat transportida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, mobil telefondan foydalanish oqibatida mamlakat yo‘llarida har yili ikki yuz mingdan ziyod avtohalokat ro‘y beradi. x x x Xitoy janubi-g‘arbida qurg‘oqchilik tufayli uch milliondan ziyod odam ichimlik suvi tanqisligi muammosidan aziyat chekayotir. Ayniqsa, Yunnanda ahvol ancha og‘ir. Yog‘ingarchilik bo‘lmagani bois bu yerda qishloq xo‘jaligi katta ziyon ko‘rgan. Yuz ellik ming gektar maydonda ekin ekish imkoniyati yo‘q. Mahalliy matbuotning yozishicha, Guychjou va Guansi-Juanda istiqomat qiluvchi to‘rt yuz mingga yaqin aholining ham ichimlik suviga ehtiyoji katta. x x x Yaponiya hukumati iqlim o‘zgarishi muammolariga qarshi kurashish maqsadida yangi qonun qabul qildi. Unga muvofiq, sanoat muassasalari, zavodlar, mehmonxonalar 2020 yilga borib, havoga chiqarayotgan zaharli gazlar hajmini 25 foizga qisqartirishi lozim. Salomatlikni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan bu qonun parlament tasdig‘idan o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Hukumat vakillari parlament uni ma’qullashiga shubha qilmayotir. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |