| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Xorijdan xabarlarO'zA, 11.12.2009 18:40 Stenford universiteti olimlari qog’oz va maxsus siyohdan batareya yaratdilar. Tarkibida uglerodli nanotruba va kumush nanoshtir bo’lgan ushbu siyoh qog’ozga surilsa, qog’oz o’z-o’zidan batareya yoki kondensatorga aylanadi. Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, namlikka chidamli qog’oz batareyalarni mobil telefonlari uchun ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. * * *Avstriyada avtobus halokati oqibatida o’n kishi hayotdan ko’z yumdi va uch odam og’ir jarohatlandi. Xabarlarga ko’ra, baxtsiz hodisaga avtobusning yuk mashinasi bilan to’qnashuvi sabab bo’lgan. * * *Olimlarning ta’kidlashicha, sayyoramizda torf qatlamlarining qurishi oqibatida har yili atmosferaga ikki milliard tonna zaharli gaz ajralib chiqmoqda. Bu esa global isish jarayonining faollashuviga olib kelayotir. «Vetlend interneshnl» ekologik tashkiloti tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, torf, ya’ni botqoq yerlardagi chirigan o’simliklar qoldiqlari tufayli ko’plab yong’in yuzaga kelayotir. Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, torf qatlamlarining qurishi oqibatida havoga eng ko’p zaharli moddalar Indoneziyada chiqar ekan. Chunki bu mamlakatda tropik o’rmon va botqoqliklar ko’p. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |