Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Xorij xabarlari RSS

Xorijdan xabarlar

O‘zA, 30.11.2009 16:57

RATA-TASS muxbirining xabar berishicha, Yaponiyaning Kanadzava universiteti olimlari oshqozon va jigar saratonini qon tahlili orqali aniqlash usulini kashf etdi. Shifokor Syuiti Kanekoning fikricha, bunday usul hech qanday kimyoviy unsur yoki nursiz juda aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi. Ayni paytda uni Yaponiyadagi barcha shifoxonalarda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Tashxis bahosi ming AQSH dollariga teng. Natija 3-4 kunda chiqadi.

***

Bangladeshning Tetulia daryosida yo‘lovchi tashuvchi kema halokatga uchrashi oqibatida yetmishga yaqin odam halok bo‘ldi.

Mamlakatdagi eng katta suv transporti vositalaridan biri hisoblangan ushbu kemada bir yarim ming yo‘lovchi bo‘lgan. Halokatga kemaga keragidan uch barobar ko‘p odam olingani sabab bo‘lgan. Qutqaruv xizmati xodimlari bedarak yo‘qolganlarni qidirmoqda.

***

Xitoy shimoli-g‘arbida yirik ko‘mir koni aniqlandi. Mahalliy matbuotning yozishicha, uning zaxirasi 23 milliard tonnaga teng, maydoni 300 kvadrat kilometrdan oshadi, chuqurligi – 800 metr.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday ko‘rsatkichlarga ega yangi kon mamlakat aholisini o‘n yil davomida ko‘mir bilan ta’minlash imkonini beradi.

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama