Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Xorij xabarlari RSS

Xorijdan xabarlar

O‘zA, 19.11.2009 20:19

AQSHning «Ay-Bi-Em» korporatsiyasi qon tarkibini tekshiruvchi yangi uskuna yaratdi. Nur bilan ishlaydigan bu qurilma eng mayda tomirlardagi mikroelementlarni ham “ko‘rish” xususiyatiga ega.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu ixtiro miyaga qon quyilishi oqibatida yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olishda yordam beradi. Bemor undan mustaqil foydalanishi ham mumkin. Bu uskunada qon tarkibi tahlilini o‘tkazish uchun atigi 17 soniya kifoya qiladi.

* * *

Xitoyda yer o‘pirilishi oqibatida o‘ttizga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar beradi Sinxua axborot agentligi. Fojea Shansi tumanidagi qishloqlarning birida sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlarning aksariyati bolalar va ayollardan iborat. Tabiiy ofat tunda sodir bo‘lgani sababli ko‘pchilik vayronalar ostida qolib ketgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

* * *

Misr markazida mahobatli yangi shahar barpo etiladi. Dubayning «Al-Futtaim» qurilish kompaniyasi barpo etajak bu shahar zamonaviy hovlilar, ko‘p qavatli binolar, savdo markazlari, turli idoralar va maktablarni o‘z ichiga oladi.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu loyiha uchun 3,6 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflash rejalashtirilgan. Shahar 2011 yilgacha qurib bitkaziladi.

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama