Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Britaniyaning “Sotbis” savdo uyida dunyodagi eng qadimiy va qimmatbaho olmos sotuvga qo‘yildi. “Bo Sansi” nomi bilan mashhur ushbu olmos qariyb to‘rt asr davomida Yevropaning ko‘plab qirollik saroylarini bezab turgan.

16.05.2012 18:00 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Tailandda qalbaki mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga qarshi yangi qonun kuchga kirdi. Mazkur qonunga ko‘ra, nufuzli kompaniyalarning savdo belgisi ostida oziq-ovqat mahsulotlarini qalbakilashtirish orqali sotuvga chiqarayotgan shaxslarga uch yillik qamoq jazosi yoki katta jarima solinadi.

15.05.2012 11:37 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

AQShda avtomobil yonilg‘isining narxi so‘nggi oylarda muttasil oshib bormoqda. Ayni vaqtda eng past sifatli bir gallon (3,78 litr) benzinning o‘rtacha bahosi 3,83 AQSh dollariga yetdi. Eng qimmat benzin San-Fransisko shahrida – 4,5 dollarga teng.

11.05.2012 18:27 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Taylandlik olimlar shakarni ko‘p iste’mol qilish nafaqat qandli diabet kasalligini keltirib chiqarishini, balki yuzda ajinlarning ko‘payishiga sabab bo‘lishini aniqladilar.

10.05.2012 20:03 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Nepalda sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida yigirmaga yaqin kishi halok bo‘ldi, oltmishdan ziyod odam bedarak yo‘qoldi. Tabiiy ofat mamlakat g‘arbidagi daryoning sathi ko‘tarilishi tufayli yuzaga kelgan.

08.05.2012 18:27 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Germaniyada bolalar uchun mo‘ljallangan mobil telefonlar reklamasini taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu loyiha telefon orqali bola miyasini zararli nurlardan himoya qilishga xizmat qiladi.

08.05.2012 18:16 | Xorij xabarlari
Xorij xabarlari

Jahonda davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ko‘plab mamlakatlarda ishsizlar sonining keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning oxiriga borib dunyoda ishsizlar soni 10 millionga ko‘payib, 200 milliondan oshishi mumkin.

07.05.2012 15:28 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

AQShda bolalar ozuqa mahsulotlarini plastik idishlarga qadoqlashni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining tarqatgan xabarlariga qaraganda, plastmassa idishlar va qutilar tarkibidagi bisfenol A moddasi mahsulot sifati buzilishiga sabab bo‘ladi.

04.05.2012 19:08 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Joriy yilda London eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan shaharlardan biriga aylanadi. 2012-yilgi sport mavsumining nufuzli tadbiri – XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarini tomosha qilish uchun dunyoning ko‘plab davlatlaridan minglab sayyohlar kelishi kutilmoqda.

03.05.2012 16:13 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Finlyandiya hukumati tamakiga ruju qo‘ygan talabalarning stipendiyasini qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Hukumat vakillarining fikricha, faqat shu yo‘l orqali yoshlar o‘rtasida chekishni kamaytirish mumkin.

02.05.2012 17:24 | Xorij xabarlari
Xorij xabarlari

Italiyada ishsizlik darajasi tobora ortmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 11-yil ichida mamlakatda ishsizlar soni ilk bor 9,6 foizdan oshgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 8,9 foizni tashkil qilgan edi.

02.05.2012 14:46 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Hindistonning Assam shtatidagi Braxmaputra daryosida kema halokatga uchrashi oqibatida 105 kishi halok bo‘ldi, yuzga yaqin odam bedarak yo‘qoldi.

01.05.2012 18:02 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Angliya va Uelsda tinmay yog‘ayotgan yomg‘ir va kuchli shamol oqibatida minglab turar joy binolari elektr ta’minotisiz qoldi. “Uestern pauer” energetika kompaniyasi tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, Kardiff va Suonsi shaharlaridagi elektr ta’minoti tizimlari kuchli shamol tufayli yiqilayotgan daraxtlarning ag‘darilishi oqibatida ishdan chiqqan.

30.04.2012 17:00 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Yaponiyada avtomobil ishqibozlari uchun yangi qonun kuchga kirdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qonunga muvofiq yoshi yetmishdan oshgan haydovchilar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi zarur.

30.04.2012 15:43 | Xorij xabarlari
Xorijdan xabarlar

Ispaniyada joriy yilning birinchi choragida ishsizlar soni 366 mingga ko‘paydi, deb xabar beradi RATA-TASS.

27.04.2012 19:20 | Xorij xabarlari

Avvalgi yangiliklar →

Reklama

Reklama

Reklama