O‘zA O`zbek

16.05.2019 Chop etish versiyasi

Ziyoratchilar mamnun

Ziyoratchilar mamnun

Ayni kunlarda ko‘plab yurtdoshlarimiz qatori namanganlik ziyoratchilar ham Saudiya Arabistonining muqaddas Makka va Madina shaharlarida muborak umra ziyoratini ado etishmoqda.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning “Toshkent-Jidda” yo‘nalishida Saudiya Arabistonining Jidda shahriga yetib borgan ziyoratchilar mamlakatimizning ushbu davlatdagi Bosh konsulxonasi mas’ullari tomonidan kutib olinib, Madina shahriga kuzatib qo‘yilmoqda. 

Vatandoshlarimizga har tomonlama qulay transport va boshqa yo‘nalishlarda servis xizmatlari ko‘rsatilayotir. Mehmonxonada yurtimizdan kelgan oshpazlar saharlik va iftorlik tayyorlashmoqda. 
Namanganlik ziyoratchilar ham muqaddas umra safarini bekami-ko‘st o‘tkazib berishlari uchun yaratib berilgan sharoitlardan mamnun. Ular mehmonxona yaqinidagi “Masjidun-Nabaviy”da besh vaqt namozlarini ado etar ekan, Alloh taolodan yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik so‘rab duoi xayrlar qilmoqdalar. 

Ziyoratchilar yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar uchun Prezidentimizga minnatdorliklarini izhor etishmoqda. 

Nurulloh MAHKAMOV,
ishchi guruh rahbari
Madina shahridan.

6 751
O‘zA